Kattaqo'rg'onda ikki mingdan ortiq ish o'rinlari yaratiladi

    Mamlakatimizda 24 Sentabr 2020 3308

    Hukumat qarori bilan (580-son, 23.09.2020 y.) 2020-2022-yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

    Dasturga asosan, belgilangan yillarda Kattaqoʻrgʻon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida jami 204 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

    Jumladan, shaharda sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish boʻyicha 117 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 2 052 ta yangi ish oʻrinlarining yaratilishi belgilangan.

    Shahar boʻyicha jami 550 nafar ishsizlar tikuvchilik, kompyuter savodxonligi, maishiy texnika uskunalarini taʼmirlovchi usta, sartaroshlik kabi yoʻnalishlarda kasb-hunarga oʻqitiladi.

    Shuningdek, joriy yilda shaharning 2 253 nafar ishsiz aholisi jamoat ishlariga jalb qilinadi.

    Shaharda “Hunarmandchilik markazi” (hunarmandchilik, milliy shirinliklar majmuasi va mehmonxona) tashkil etiladi.

    Qaror bilan shuningdek, shaharda kambagʻallikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tasdiqlandi.