Kattaqoʻrgʻon shahar Buxoro koʻchasida yashovchi R.U. oʻzining yashash uyida noqonuniy moy ishlab chiqarish sexini tashkil qilib, elektr energiyasidan ham noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi, deya xabar beradi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati. 

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, ushbu sexdan 2 ta qurilma, 3.400 kg. yogʻ, 5.000 kg. kunjara mahsuloti hamda 500 kg. uzum doni aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.     

Holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.