Kecha bir kunda 70 ming nafardan ortiq kishi emlanib, kunlik vaksinatsiya rekordi yangilandi

    Salomatlik 30 Aprel 2021 649

    29-aprel kuni mamlakatimiz hududlari boʻylab jami 71775 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu vaksinatsiya boshlangandan beri eng yuqori koʻrsatkichdir.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 718 471nafarga yetdi.

    29-aprel kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

    Fargʻona viloyati (16 838 nafar), Andijon viloyati (9230 nafar), Namangan viloyati (8787 nafar), Samarqand viloyati (5801 nafar), Jizzax viloyati (5113 nafar) band qildi.

    Eʼtiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

    Fargʻona viloyatida 105 158 nafar, Namangan viloyatida 75 477 nafar, Andijon viloyatida 72 242 nafar, Samarqand viloyatida 69585 nafarni tashkil qilmoqda.

    Emlash jarayonlari davom etadi.