Kechadan boshlangan noqulay ob-havo sharoiti 20-noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.

    Yashil sayyora 19 Noyabr 2020 840

    FVV axborot xizmati xabar berishicha, harorat pasayib, kechasi 8-15 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha yetishi mumkin.

    Havo haroratidagi keskin oʻzgarishlar natijasida yoʻllarda muzlama va tirbandliklar hosil boʻlishini eʼtiborga olib, zaruratsiz shaxsiy transport vositalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi!

    Ish va yashash joyida elektr uskunalari va isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling!