Tadbirkorning 2028 yilgacha yana 30 ming kishini ish bilan taʼminlash, ayniqsa, ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Prezidentimiz Nurbek Ergashevga “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish toʻgʻrisidagi farmonga imzo qoʻyganini bildirdi.

Qamashi tumanidagi Chim mahallasida sulolaviy limonchilik maktabini yaratib, aholi daromadini oshirishga hissa qoʻshayotgan Abdumannop Xudoyberdiyevga ham “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” unvoni beriladi.

Qashqadaryoda maʼrifatni targʻib etayotgan “Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham eʼtirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi gʻoliblari Baxtishod Rashidov va Eʼzoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki honali yangi xonadonlar sovgʻa qilinishi aytildi.

Davlatimiz rahbari mazkur mukofotlarni shu yerning oʻzida topshirishni taklif etdi.