Faqat Toshkent viloyatida kechga tomon baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin, baʼzi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-37° boʻladi.

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-37° boʻladi.

Togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° boʻladi.