Keksa yoshdagi va surunkali kasalligi bor odamlarga toʻgʻri keladigan vaksina

    Dolzarb 15 Oktabr 2020 684

    Rossiyada COVID-19ga qarshi uchinchi vaksina roʻyxatdan oʻtish arafasida.

    Rossiyada yaqin vaqt oraligʻida koronavirusga qarshi yana bir vaksina paydo boʻlishi mumkin. Un ishlab chiqarish bilan Chumakov nomidagi ilmiy markaz shugʻullanyapti.

    Rospotrebnadzorning rahbari Anna Popovaning Rossiya sanoatchilari va tadbirkorlari ittifoqining onlayn shaklda oʻtgan qurultoyida xabar berishicha, mazkur dori vositasi uch oy ichida roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

    TASS Popovaning “Aytmoqchimanki, Rossiya Federatsiyasi bugungi kunda ikkita vaksinaga ega. Va men aminmanki, uchinchi vaksina ham bir oydan soʻng roʻyxatdan oʻtishi kerak. Uni ishlab chiqarayotgan hamkasblarimiz vaksinologiya sohasida yetarli tajribaga egadirlar”, degan soʻzlarini keltiradi.

    Eslatamiz, chorshanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning rasmiy roʻyxatdan oʻtganligi haqida eʼlon qilgandi. Bu yerda gap Rospotrebnadzorga qarashli “Vektor” ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina haqida ketyapti. Klinik sinov 100 nafar koʻngilli ustida amalga oshirilgandi. Endi markaz Rossiyaning turli hududlarida 40 ming koʻngilli ishtirokidagi roʻyxatdan keyingi klinik sinovlarini boshlaydi.

    Anna Popovaning “Rossiyskaya gazeta”ga bergan xabariga qaraganda, “Vektor”ning vaksinasi birinchi navbatda keksa yoshdagilarga, hamda surunkali kasalligi bor odamlarga toʻgʻri keladi.

    Popovaning soʻzlariga koʻra, vaksina hech qanaqangi allergik reaksiya keltirib chiqarmaydi. Bu klinik sinovgacha boʻlgan barcha bosqichlarida hayvonlarda, keyin esa tadqiqotning koʻngillilar ishtirokidagi soʻngi bosqichini oʻtkazishda tekshirilgan.