“Keksalar turizm oyligi” munosabati bilan chegirmalar eʼlon qilindi

    Shu yilning 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari uchun chegirma eʼlon qilindi.

    Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

    “Noyabr oyi — Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan 2024-yilning 1 – 30-noyabr kunlari mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari hamda aviaqatnovlar uchun maxsus chegirmalar belgilandi.

    Chegirmalar 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun mazkur sanalarda bajariladigan qatnovlarda amal qiladi.