Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida MDH davlatlari oʻrtasida tashkil etilgan «Kelajakni birga quramiz» xalqaro yoshlar forumi oʻz nihoyasiga yetdi.

Avvalroq ushbu nufuzli forumda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabalari Lazizbek Muxtorov hamda Dilrabo Abdurashidova ham ishtirok etayotgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.

«Kelajakni birga quramiz» xalqaro yoshlar forumi doirasida “Doʻstlik oqshomi” - yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda institutimiz talabalari oʻz sanʼatlarini namoyish etib milliy mumtoz kuy-qoʻshiqlarimizdan sara namunalarni ijro etdilar.

Turli millat va davlat, oʻzga til va madaniyat vakillari ishtirok etgan ushbu xalqaro forum MDH davlatlari oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikning yorqin namunasi sifatida tarixga muhrlanadi.