Unga ko'ra, 2021 yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilanadi: 2 sentyabr-payshanba; 3 sentyabr - juma.

2021 yilda dam olish kuni 27 mart-shanba 22-mart-dushanba kuniga ko'chirish rejalashtirilgan.

2021 yil 2 yanvar-shanba, 4 sentyabr - shanba va 22 mart-dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

Hujjatda yozilishicha, byudjet tashkilotlarida qo'shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

Har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan o'rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qo'shimcha dam olish kuni qo'shiladi.

Har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o'n besh ish kunidan kam bo'lmasligi kerak.