Oʻzgidrometning uzoq muddatli prognozlar boʻlimi mutaxasisilari tomonidan kelayotgan oylar uchun kutilayotgan havo harorati va yogʻingarchilik toʻgʻrisida maslahatomus ob-havo prognozi ishlab chiqilgan. Unga koʻra, Noyabr oyida oʻrtacha oylik havo harorati meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda va 3-10o iliqni tashkil etadi.
Oy davomida havo harorati kechalari 0-5o sovuqgacha, kunduz kunlari 7-12o iliqgacha pasayishida sovuq toʻlqinlar va harorat kechalari 5-10o iliqgacha, kunduz kunlari 17-22o iliqgacha koʻtarilishida iliq toʻlqinlar kutilmoqda. Oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyor atrofida, baʼzi joylarda undan kam, Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida meʼyor atrofida, baʼzi joylarda undan koʻp boʻladi.
Dekabr oyida oʻrtacha oylik havo harorati meʼyor atrofida, baʼzi joylarda undan 1,5-3o ga past boʻlishi kutilmoqda. Oy davomida harorat kechalari 5-10o sovuqgacha, kunduz kunlari 3o sovuq-2o iliqgacha pasayishida sovuq toʻlqinlar va harorat kechalari 2-7o iliqgacha, kunduz kunlari 12-17o iliqgacha koʻtarilishida iliq toʻlqinlar kutilmoqda. Shimolda havo harorati pasayishida kechalari 10-15o sovuq, kunduz kunlari 2-7o sovuq boʻladi. Oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyor atrofida boʻladi.
Uzoq muddatli ob-havo prognozlar boʻlimi mutaxasisilari tomonidan qish oylari uchun ob-havo prognozlarini ishlab chiqish noyabr oyining oʻrtalarida amalga oshiriladi. Uzoq muddatli ob-havo prognozlarini ishlab chiqishda ishonchli aniq bir usul mavjud emas, shuning uchun turli xil usullar yordamida tuzilgan uzoq muddatli ob-havo prognozlarining oʻzini oqlash darajasi ham kam boʻlishi mumkin.









