Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda qish davrlari iliq va kam qorli boʻldi, bu bizning Oʻrta Osiyo qishlarimiz uchun odatiy holdir. Bu davrda haroratning keskin oʻzgarib turishi kuzatiladi.

Soʻnggi 20 yil ichida 2007-2008, 2011-2012-yillardagi qish sovuq va uzoq davom etdi, bu oʻrtacha iqlim qiymatlaridan 3-4o ga past boʻldi. Ushbu qishlarning ayrim kunlarida havo harorati Toshkentda kechalari 15-17o gacha, kunduz kunlari esa 8-13o ​​​​​​​gacha pasaydi. Bunday ob-havo sharoiti odatda Rossiyaning Yevropa hududidan, Uraldan, baʼzan, hatto Gʻarbiy Sibirdan sovuq havoning kirib kelishi hisobiga vujudga keladi.

Eng iliq qish oylari esa 2003-2004, 2008-2009, 2009-2010, 2021-2022 yillarga toʻgʻri keladi, Toshkentda oʻrtacha mavsumiy harorat meʼyordan 3-5o ga yuqori boʻlgan. Umuman 2015-2016-yillarning qish mavsumi eng iliq qish mavsumi boʻlib, qishning oʻrtacha harorati meʼyordan 5-6o ga yuqori boʻlgan.

Eng iliq qish davrlarida kunduzgi havo harorati 20-23o ​​​​​​​gacha iliq, ayrim kunlarda esa 25-27ogacha iliq koʻtarilishi mumkin.

Bu yilning qish mavsumi uchun tuziladigan prognoz haqida soʻzlashishga hali juda erta, ammo iqlim maʼlumotlari tahlili va yetakchi jahon markazlari tomonidan 2022-2023-yillarning qish mavsumi uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga koʻra, qish mavsumi oʻrtacha koʻp yillik qiymatlari atrofida va undan biroz koʻp va yogʻingarchilik taqchilligi boʻlishi kutilmoqda.

Kutilayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10ogacha sovuq, shimolda esa 15-20o ​​​​​​​gacha sovuqning pasayishi ehtimoldan holi emas, bu qish oylari uchun iqlim meʼyoridan 5-8oga pastdir.

Shuni taʼkidlash joizki, prognozlar taxminiy xususiyatga ega va faqat butun mavsumning umumiy xususiyatlari uchun foydalaniladi: mavsumning oʻrtacha harorati meʼyordan yuqori yoki past, yogʻingarchilik mavsum davomida meʼyordan koʻp yoki kam yogʻishi. Hatto bunday umumiy baholash aniqligi ham katta emas va 50-60% dan oshmaydi.