Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Unga koʻra togʻli hududlar va dengiz sathidan 2000 m balandlikda:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻralgan.