Maʼlum qilinishicha, kechalari va erta tongda +15…+20 daraja boʻlgan haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni +35 darajagacha, ayrim kunlarda +37 darajagacha isitadi.
Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari +15…+20 dan +8…+13 darajagacha, kunduz kunlari +30…+35 dan +20…+25 darajagacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Sentyabrda oʻrtacha oylik harorat meʼyor atrofida, baʼzi joylarda meʼyordan 1−1,5 darajaga yuqori boʻlishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmining ayrim kunlarida (1−2 kun) qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.









