Bu haqda poytaxt hokimligi maʼlum qildi. 

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar hokimining 2023-yil 18-iyuldagi farmoyishiga asosan, 19-iyul soat 20:00 dan 30-avgust kuniga qadar Keles yoʻli koʻchasining Noraztepa koʻchasi bilan kesishmasidan Uzumbogʻ koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan oraligʻi barcha turdagi transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr soʻrab, aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etamiz, deyiladi hokimlik xabarida.