Kelgusi oʻquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yoʻlga qoʻyilishi taʼkidlandi

    Muallimlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish albatta davom ettirilishi aytildi.

    Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qoʻshimcha 70 foiz ustama oladi.

    Misol uchun, oliy toifali biologiya oʻqituvchisi oʻz fani boʻyicha xalqaro sertifikati boʻlsa – 50 foiz, direktor jamgʻarmasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

    Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming soʻmdan 12 million soʻmga yetadi.

    Oʻqituvchilar uchun 1 ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol koʻrish mumkin.