Shu bois, bu pullar umuman qaysidir tuman uchun emas, balki mahallada ish oʻrinlari yaratadigan, aholini daromadli qiladigan aniq loyihalarga yoʻnaltiriladi. Bu byudjet mablagʻlarini samarali ishlatishda loyihaviy yondashuv boʻladi.

Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish boʻyicha yangi islohotlar boshlanadi.

Jumladan, shaharlar tartibsiz kengayishining oldini olishda aniq mezonlar belgilanadi va shu orqali ekin maydonlarining asossiz qisqarib ketishiga chek qoʻyiladi. Shuningdek, respublikada ilk bor 45 ta aglomeratsiya hududlari belgilanadi.

Kelgusi yilda “Barqaror shahar” platformasi ishga tushirilib, “yashash uchun qulaylik indeksi”ni yuritish yoʻlga qoʻyiladi. Bu indeks orqali shaharlardagi har bir mahallaga xos muammolar aniqlanib, ularga mos yechimlar beriladi.