Yigʻilishda viloyatda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan muammo va imkoniyatlar yechimlari bilan koʻrib chiqildi.

Kelgusi yilda viloyatga 1 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb qilish zaminini hozirdan yaratish lozimligi qayd etildi.

Jumladan, Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida boʻsh turgan 100 gektar yerlarga tadbirkorlar 300 million dollar investitsiya kiritib, 3,5 mingta ish oʻrni yaratish tashabbusi bilan chiqqan.

Shu kabi, Qarshi shahri va Kitobda ishlatilmayotgan paxta terminallarida sanoat texnoparkini tashkil qilib, kamida 5 mingta doimiy ish oʻrni yaratish imkoniyati bor.

Goʻsht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash sohasida 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish topshirildi.

Qozon shahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta loyiha va Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumida kelishilgan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakuniga yetkazish vazifasi qoʻyildi.