Kelgusi yildan muqobil skoring modeli ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtiriladi

    Skoring tizimi soddalashgani uchun 100 mingga yaqin tadbirkor bankdan yangi kredit olib, faoliyatini kengaytirdi.

    Hozirda kredit tarixi “oʻrtacha”, lekin ozgina koʻmak berilsa, tez oʻsish imkoniga ega yana 500 ming mijoz bor.

    Endilikda kredit berishda skoring tizimi soliq va kommunal toʻlov intizomi, rasmiy aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi maʼlumotlarni ham inobatga oladi.

    Kelgusi yildan muqobil skoring modelini ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtiriladi.