Xususan, Jamiyat 2019 yilning birinchi choragini 65,3 milliard so'm bilan yakunlagan bo'lsa, 2020 yil dastlabki ikki yarim oyi davomida bu ko'rsatgich 68,1 milliard so'mga etkazildi. Karantin muddati boshlanmay, chorak yakuniga etkazilganda bu raqamlar yana ham o'sishi mumkin.

SHu o'rinda ko'rilgan zarardagi tafovutni ham solishtirish maqsadga muvofiq. O'tgan yilning birinchi choragida Jamiyat 32,1 milliard so'm zarar ko'rgan bo'lsa, bu yilgi ko'rsatgich 27 milliardga pasaydi.

erishilgan iqtisodiy muvaffaqiyatlar sabab ishchi-xodimlarga 2020 yilning birinchi choragida o'tgan yilga nisbatan 1,2 milliard so'm ko'p ish haqi to'landi. O'tgan yilning bu davrida ish haqi to'lovi 20,5 milliardga etgan bo'lsa, bu yilning ikki yarim oyidagi to'lovlar miqdori 21,7 milliard so'mga teng bo'ldi.

Xo'sh ushbu qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlarga nima sabab?

Muqobil yoqilg'i turlaridan foydalana boshlangani ham iqtisodiy   samardorlikning asosiy omillaridan biri bo'ldi. Masalan, dizel` yoqilg'isiga o'tgan yilga nisbatan 3,2 milliard so'm kam mablag' sarflandi. Jumladan, 2019 yil birinchi chorakda yoqilg'i uchun 34,0 milliard so'm sarflangan bo'lsa, bu yil esa 30,8 millard to'lov amalga oshirildi.

Buning aksi o'laroq, transport vositalarining tabiiy gaz yoqilg'isiga o'tkazilishi natijasida bu boradagi xaridlar miqdori oshdi. 2019 yil birinchi chorakda  5,6 milliard so'mlik gaz yoqilg'isidan foydalnilgan bo'lsa, bu yil bu ko'rsatgich 6,9 milliardga etdi.

Avtobuslar harakat tarkibi tobora yangilanib borayotgani ham eskirish va ularga sarf etiladigan ehtiyot qismlardan ko'riladigan zarar miqdorining qisqarishiga ham olib kelmoqda. Masalan, o'tgan yilning uch oyi davomida  amortizatsiya ishlariga 9,9 milliard so'm sarflangan bo'lsa, bu yil bu raqamlar 7,7 milliard so'mga kamayishiga erishildi. YA'ni, 2,2 milliard so'm tejab qolindi.

Tobora innovatsion yangilanishlar sari borayotgan “Toshshahartransxizmat” AJ o'z tasarrufidagi harakat tarkibini yangilashda yanada samarador bo'lgan gazda harakatlanuvchi avtobuslar va elektrobuslar xaridi masalasiga e'tibor qaratmoqda.

Kelgusida xarid qilinadigan transport vositalari shu turdagi avtobuslar bo'lishi ko'zda tutilgan.

Bu esa iqtisodiy samaradorlikda muhim ahamiyatga ega.