— Ayni paytda Qashqadaryoda 4 ta shunday gemodializ boʻlimi ish boshladi, — dedi ochilish marosimida ishtirok etgan Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov. — Kelgusida bunday markaz va boʻlimlar har bir tumanda ochilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, gemodializga ehtiyoji bor bemorlarni kerakli dori-darmonlar bilan bepul taʻminlash, buyrak koʻchirib oʻtkazish borasidagi murakkab jarrohlik amaliyotlarini viloyatning oʻzida tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Tadbirda markaz 10 milliard 504 million soʻmlik tibbiy jihoz va uskunalar bilan taʻminlanganligi taʻkidlandi.

A.Inoyatov markaz faoliyatini yanada rivojlantirish hamda hududda foydalanilmasdan turgan bolalar shifoxonasi binosi borasida aniq choralar belgilanishini qayd etdi.