Kema haydovchilarini tayyorlash tizimi joriy etildi

    Transport 6 Iyul 2020 1017

    Vazirlar Mahkamasining “Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 421-sonli qarori qabul qilindi.

    Qaror bilan ushbu sohani tartibga soluvchi Nizom tasdiqlandi;

    I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar va (yoki) kichik hajmli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun litsenziyaga ega nodavlat taʼlim muassasalariga ham ruxsat berildi;

    avval berilgan kema haydovchisi guvohnomalari 2020-yil 31-dekabrga qadar haqiqiy hisoblanishi belgilandi.