Hokimning qayd etishicha, shifoxonaga yotqizilgan qolgan bemorlarning ahvoli jiddiy emas. Qon topshirishning hojati yo'q.

Unga ko'ra, 11 kishi ambulator davolanishga o'tkazildi.

Sog'liqni saqlash vazirligi rahbari yordamchisi Aleksey Kuznetsovning aniqlik kiritishicha, jami 90 kishi jabrlangan, ulardan besh nafari bola, 78 nafar kishi Kemerovodagi uchta shifoxonaga yetkazilgan.

Uning qo'shimcha qilishicha, bir qancha bemorlar operatsiya qilinmoqda.

Baxtsiz hodisa payshanba kuni ertalab Logovaya shossesida sodir bo'lgan.

Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Unda tramvay qanday qilib katta tezlikda burilayotgani, shu paytda old va orqa eshiklar ochilib, ikki kishi tushgani va tramvayni to'xtatib qolishga ulgurgani aks etgan.

Yana bir videoda ikkita tramvay to'qnashib ketganini ko'rish mumkin. Aftidan, katta tezlikda poyga qilgan tramvay oldingisiga yetib kelib, unga borib urilgan.

Tergov qo'mitasi tomonidan iste'molchilar hayoti yoki sog'lig'i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko'rsatish bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov prokuratura nazoratiga olingan.

Baxtsiz hodisa tufayli shahar hokimi boshchiligida tezkor shtab tuzildi, deb xabar beradi ria.ru.