Afrikadagi birinchi robokafe Nigeriyada ochilgan, keyingisi esa Janubiy Sudanda ochiladi, mazkur mamlakatning shu soha vakillari muassasa ochish uchun franshiza olishdi. Nayrobida yana bir qancha savdo nuqtalari ochilishi rejalashtirilgan.
“Robotlar hech qachon haqiqiy ofitsiantlarning o'rnini bosa olmaydi, chunki ular mehmonlarni haqiqiy odamlar kabi kutib olishmaydi va ularning xohish-istaklarini so'rashmaydi”, dedi kafe boshqaruvchisi Jon Kariuki.
Uning qo'shimcha qilishicha, Tailandda xarid qilingan bitta robotning narxi ikki ofitsiantning bir yillik maoshiga teng, deb xabar beradi report.az.