— Nayrobi eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘lib, u yerda 36 kishi halok bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini taxminan 2,6 ming oilani uylarini tark etishga majbur qildi va infratuzilmaning katta darajada vayron bo‘lishiga olib keldi.

— Qidiruv-qutqaruv ishlari butun mamlakat bo‘ylab davom etmoqda, deya qo‘shimcha qildi politsiya.

Politsiya fuqarolarni nihoyatda ehtiyotkor va hushyor bo‘lishga, shuningdek, yangilangan ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatib borishga va mutaxassislarning tavsiyalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda yomg‘ir yog‘ishi davom etadi.

Keniyada 6-martdan beri kuchli yomg‘ir tufayli suv toshqini kuzatilmoqda. Yaqin atrofdagi Efiopiya ham yomg‘irdan jiddiy zarar ko‘rdi. Mamlakat janubidagi ko‘chki va suv toshqinida kamida 107 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi kazinform.