Joriy yilning 5-7 aprel kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 5 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 5-7 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.  Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin.

Momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.

5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.