Jumladan, Talimarjon IESda jami quvvati 900 MVtga teng boʻlgan ikkita, Navoiy IES da 1300 MVtga teng ikkita bugʻ-gaz qurilmalari hamda Toshkent IEMda har birining quvvati 32 MVtdan boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmalari (jami 64 MVt), qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Yangi quvvatlarni foydalanishga topshirish grafigi:

- Talimarjon IESda umumiy quvvati 900 MVtdan kam boʻlmagan navbatdagi ikkita bugʻ-gaz qurilmasi 2024-yilda;

- Navoiy IESda uchinchi va toʻrtinchi bosqichda har birining quvvati 650 MVt boʻlgan ikkita bugʻ-gaz qurilmasi 2024-2025-yillarda foydalanishga topshiriladi;

- Toshkent IEM da har birining quvvati 32 MVtdan boʻlgan ikkita gaz turbinasi 2023-yilda ishga tushiriladi.

Ushbu quvvatlarni joriy etish natijasida energotizimda qoʻshimcha 2 264 MVt quvvat qoʻshilib yiliga 18,0 mlrd kVt soat elektr ishlab chiqariladi.

Qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 2,4 mlrd kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Iqtisod qilingan tabiiy gazning oʻziga bir yilda 14,0 mlrd kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Ahamiyatlisi, respublikamizda 700 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratiladi.