Keyingi haftada jazirama issiq boʻlishi kutilmoqda

    Yashil sayyora 13 Iyun 2025 785

    “Oʻzgidromet“ 16−19-iyun kunlari jazirama issiq boʻlishi haqida ogohlantirdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 16−19-iyun kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

    16, 17-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17−19-iyunda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari +40…+42 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda +43, +44 darajagacha koʻtariladi.

    Respublika boʻyicha shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.