KfW bankining vakili bilan uchrashuv

    Investitsiyalar 9 Iyul 2021 1198

    Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasining boshligʻi Sharof Rahmonov KfW bankining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ofisi rahbari doktor Andreas Shnayder bilan videokonferensiya shaklidagi uchrashuvda ishtirok etdi.

    Oʻzbekistonda 1993-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Germaniyaning eng yirik banki vakili bankda rivojlanayotgan davlatlarni taraqqiy ettirish va investitsiya kiritish boʻyicha maqsadli dastur mavjudligini maʼlum qildi. Yaqinda avvalgi hamkorlikning ikki yoʻnalishi – sogʻliqni saqlash va barqaror rivojlanishga uchinchi yoʻnalish – “Shaharlarni kompleks rivojlantirish” yoʻnalishi qoʻshilganini aytdi. Shu sababli, KfW bankining vakillari Toshkentdagi yangilanishlarning maʼlum bir sohasida koʻmak koʻrsatishga tayyor.

    Sharof Rahmonov UJKX va shahar transporti sohalarini takomillashtirish, Toshkentda arzon uy-joylarni qurish va ish joylarini yaratishga qaratilgan rejalar haqida soʻzlab berdi.

    Andreas Shnayder, oʻz navbatida, amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan islohotlarga yuksak baho berib, har qanday tanlangan yoʻnalishni, hatto boshqa hamkorlar bilan parallel ravishda boʻlsa ham, qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi.

    Taraflar hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlab olish uchun muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.