Musobaqada Oʻzbekiston sharafini TT.Team (Traffic Tashkent Team) jamoasi himoya qildi. Grand finalda oʻzbekistonlik kibersportchilar Moʻgʻulistonga qarshi bahs yuritdi va gʻalaba qozondi. Ushbu gʻalaba jamoaga Jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etdi.
Ushbu gʻalaba evaziga oʻzbekistonlik kibersportchilar 7 ming dollar mukofot puliga ega boʻldi. Uchinchi oʻrinni Indoneziya jamoasi qoʻlga kiritdi