Bu Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qabul qilingan qarorida belgilandi.

Qarorga koʻra, musobaqalar quyidagi yoʻnalish va bosqichlarda oʻtkaziladi:

yoʻnalishlar:

  • kibersport yoʻnalishi;
  • dron texnologiyalari yoʻnalishi;
  • robot texnologiyalari yoʻnalishi;

bosqichlar:

  • 1-bosqich – vazirlik va idoralarda har yili avgust oyida “Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshligʻi) kubogi” ichki musobaqasi;
  • 2-bosqich – har yili oktyabr oyida “Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi” musobaqasi;
  • 3-bosqich – har yili dekabr oyida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi oʻtkaziladi.