Memorandumga koʻra, federatsiya tomonidan Oʻzbekistondagi 300 nafar iqtidorli yosh uchun kiberxavfsizlik va kriptografiya boʻyicha bepul kurslar tashkil etiladi va yil yakunida HackTashkent musobaqasi oʻtkaziladi.
Mazkur kurslar axborot xavfsizligini taʼminlash, kibermaydonda milliy manfaatlarimizni himoya qilishga qaratiladi. Kiberxavfsizlik, kiberterrorizm, kiberjinoyat degan tushunchalarning kirib kelishi tufayli axborot mustaqilligini mustahkamlashga zarurat tobora oshmoqda. Axborot xavfsizligini taʼminlash uchun davlatimiz oʻz internet infratuzilmasi, media va tashviqot tuzilmasi bilan bir qatorda kiberxavfsizlik tizimiga ega boʻlishi muhim. Bu tizimni takomillashtirish uchun iqtidorli kadrlarni tayyorlash muhim sanaladi.
Tashkil etiladigan kurslarda ishtirok etish talablari, muddatlari va dasturlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deyiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabarida.