Shu bilan birga ushbu korxonalarga davlat xaridlari tizimida oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni 2 yil davomida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma bilan sotishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, kichik biznes markazlarini boshqarishga xususiy sheriklar jalb qilinadi. Ushbu tadbirkorlarga “Biznesni rivojlantirish banki”ga ulushdor boʻlib kirish huquqi beriladi.

Shuningdek, markazlarga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi. 

Bunda biznes-konsultant, muhandis-texnolog, dizayner, mehmonxona boshqaruvchisi, marketolog, agronom, veterinar, urugʻshunos kabi xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga Oʻzbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma berish muddati hozirgi 1 yildan 3 yilga uzaytiriladi. Ishlashga ruxsatnoma toʻlovi esa hozirgi 10 million soʻmdan 330 ming soʻmga tushiriladi. Ularga hududiy mehnat organidan ishga jalb etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish talab qilinmaydi.