Qayd etilishicha, shu yilning 10-iyul kuni soat 19:32 da Toshkent viloyati FVBga, Boʻstonliq tumani “Burchmulla oʻrmon xoʻjaligi“ga qarashli “Kichik Chimyon togʻi“da quruq oʻt va shox-shabbalar yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:38 da yetib borgan va yongʻin soat 20:25 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida dam olish maskanlari va aholi yashash xonadonlariga zarar yetmagan. Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Holat oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.