Xususan, Toshkent harbiy okrug qoʻmondonligida ham kichik mutaxassislarni qayta tayyorlash uchun okrug tasarrufidagi “Markaz” desantchilarni tayyorlash bazasida 10 kunlik majmuaviy oʻquv kurslari tashkil etilgan.

Navbatdagi majmuaviy oʻquv kursini Chirchiq garnizonidagi harbiy qismlardan kelgan 24 nafar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi tamomlab, oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashga erishdi.

Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan kichik mutaxassislar uchun bunday oʻquv kurslar Mudofaa vazirligi tizimida 20 ga yaqin boʻlib, bu harbiy xizmatchilarga oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishiga katta yordam berishi shubhasiz.

Tadbirda Toshkent harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni bevosita ishtirok etib, majmuaviy oʻquv kursini tamomlagan navbatdagi tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlarni topshirdi. Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati