AQSHning N`yu-York shtati Baffalo shahrida yashovchi 18 yoshli Antonio Gvin irqchilik va politsiya zo'ravonligiga qarshi norozilik namoyishlaridan so'ng 10 soat davomida shahar bo'ylab qoldirilgan chiqindilarni yig'ib, tozalab chiqdi. U bu ishni yakka o'zi va beg'araz qilib, qariyb butun shaharni tartibga keltirgan.
Bir qator mahalliy tadbirkorlar Antonioga minnatdorchilik sifatida Chevrolet Mustang rusumli avtomobilni sovg'a qildi. Baffalo universiteti esa uni to'liq grant asosida o'qishga qabul qildi.