2003 yilda Yaponiyaning kichik Kamikatsu qishlogʼi aholisi 2020 yil oxiriga qadar chiqindilardan batamom voz kechishlarini maʼlum qildilar. Shu kundan boshlab chiqindilarni saralash va qayta ishlash ularning ekologik shioriga aylandi.
Hozirda mazkur qishloq koʼchalarida birorta ham chiqindi qutisi mavjud emas. Аholi chiqindilarning bevosita chiqindilarni qayta ishlash markaziga olib keladilar. Mazkur markazdagi har bir chiqindi qutisi tepasida tashlangan chiqindilar qayta ishlanganda qanday mahsulotga aylanishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bor. Shuningdek, har bir konteyner tepasida chiqindilarni toʼgʼri sarlash yuzasidan eslatmalar joylashtirilgan.