Ish holatiga koʻra, huquqbuzar B.R. voyaga yetmagan 3-sinf oʻquvchilari S.K. va M.E.larga nisbatan dars paytida shaxvoniy shilqimlikda ifodalanuvchi maʼmuriy huqubuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
2023-yil 11-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi MJtKga kiritilgan yangi 41¹-moddasi 1-qismida, shahvoniy shilqimlik qilish, yaʼni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul boʻlgan hamda uning shaʼni va qadr-qimmatini taxqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega boʻlgan harakatlarni bir marta qoʻpol ravishda yoki bir necha marta sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan boʻlib, mazkur huquqbuzarlik sanksiyasida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq jazosi nazarda tutilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Xonqa tuman sudi tomonidan huquqbuzar B.R.ga mazkur modda sanksiyasida nazarda tutilgan maksimal jazo, yaʼni 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 324¹-moddasiga muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan taraflarga sud qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya shikoyati (protesti) keltirishlari mumkinligi tushuntirilgan.