Forbes dunyoning eng koʻp haq toʻlanadigan sportchilari reytingini eʼlon qildi. Roʻyxatning birinchi oʻrnidan PSJ va Argentina milliy jamoasi futbolchisi Lionel Messi joy olgan. U 130 million dollar ishlagan. Bundan 75 million dollari maoshi boʻlsa, qolgan 55 million dollari homiylik va reklama shartnomalari toʻlovlari.
Keyingi oʻrinlarni “Los-Anjeles Leykers” basketbolchisi Lebron Jeyms (121 million dollar) va “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu (115 million dollar) egallagan.
Shuningdek, futbolchi Neymar, basketbolchilar Stefen Karri va Kevin Dyurant, tennischi Rojer Federer, bokschi Saul Alvares, amerikacha futbol vakili Tom Breydi va basketbolchi Yannis Adetokunbo eng koʻp pul oladigan oʻntalikka kirgan.