B/R Football oʻz milliy jamoalari safida eng koʻp gol kiritgan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi.
Roʻyxatning boshida portugaliyalik Krishtianu Ronaldu qayd etilgan. U oʻz milliy jamoasi safida raqiblar darvozasiga 123 ta gol kiritgan. Ikkinchi oʻrinni olgan Lionel Messining (Argentina) gollari soni 104 ta. Neymar Braziliya termasi tarkibida 79 ta golga mualliflik qilgan.
Ulardan keyingi oʻrinlarni Romelu Lukaku (Belgiya, 77 ta gol), Miraslav Kloze (Germaniya, 71 ta gol), Luis Alberto Suares (Urugvay, 68 ta gol), Didye Drogba (Kot-d Ivuar, 65 ta gol), Harri Keyn (Angliya, 59 ta gol), Olivye Jiru (Fransiya, 54 ta gol), Robin van Persi (Niderlandiya, 50 ta gol) egallagan.