Unga koʻra:

  • “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
  • urush nogironlari va qatnashchilari;
  • harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
  • energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga toʻlguniga qadar amal qiladi.

Kimlar mol-mulk soligʻini toʻlashdan qisman ozod qilingan?

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

  • 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
  • pensionerlar;
  • I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.

Yuqorida koʻrsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga koʻra faqat 1 yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.