▫️ urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
▫️ halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
▫️ respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
▫️ Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
▫️ yadro poligonlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar;
▫️ I va II guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
▫️ yolgʻiz keksalar;
▫️ pensionerlar.

Yoʻllanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy boʻlinmalariga topshirilishi lozim:
▫️ ariza;
▫️ pasport nusxasi;
▫️yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);
▫️ tibbiy xulosa.

Yoʻllanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

-har yili (navbat asosida):
▫️ urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
▫️ respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
▫️ Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslarga;
▫️ yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan
▫️ shaxslarga;
▫️ yolgʻiz keksalarga;

- 2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):
▫️ urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
▫️ halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
▫️ I va II guruh nogironlari, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

-sanatoriylarda boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.

Yoʻllanmalar 12 kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.