Kimlar soliqlarni bo'lib to'lash yoki muddatini kechiktirish imkoniyatiga ega?

    Bunday imkoniyatdan quyidagilardan bittasi mavjud boʻlganda foydalanish mumkin:

    Qonunchilikka ko'ra, soliq to'lovchilarga soliqlarni to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati beriladi.

    Bunday imkoniyatdan quyidagi asoslardan bittasi mavjud bo'lganda foydalanish mumkin:

    • soliq to'lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo'lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;
    • soliq to'lovchini byudjetdan moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki davlat ehtiyoji uchun bajarilgan ishlar haqini to'lash kechiktirilganligi;
    • soliqni bir yo'la to'lash natijasida uning bankrotligi alomatlari paydo bo'lishi xavfi yuzaga kelganligi;
    • faoliyatini 3 yildan ko'p davrdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o'z vaqtida to'lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko'ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to'lash imkoniyati ega bo'lmaganligi;
    • tadbirkorlar soliq to'lashni kechiktirish to'g'risidagi xabarnomani yer, binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan 3 oyda soliq organlariga yuborgan bo'lsa;
    • jismoniy shaxsning mulkiy holati soliqni bir yo'la to'lash imkoniyatini istisno etishi;
    • tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;
    • O'zbekistonning bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o'tilishi munosabati bilan bojxona to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan to'lanishi lozim bo'lgan soliqlarni to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.