Bunda kasalligi boʻlgan ayrim fuqarolarga kamarni taqmaslikka ruxsat berilgan.

Maʼlum qilinishicha, 8 turdagi kasallik holati uchun tibbiy maʼlumot talab etmasdan xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi.

Jumladan,

  • umrov va toʻsh suyaklarining sinishlari,
  • yelka kamari sinishi, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich),
  • bronxial astma (IV bosqich),
  • oʻpkaning interstitsial zararlanishi,
  • oʻpkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki oʻng) olib tashlangan,
  • surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi hamda homilador ayollar.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan amalga kiritiladi.