Bunda kasalligi boʻlgan ayrim fuqarolarga kamarni taqmaslikka ruxsat berilgan.
Maʼlum qilinishicha, 8 turdagi kasallik holati uchun tibbiy maʼlumot talab etmasdan xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi.
Jumladan,
- umrov va toʻsh suyaklarining sinishlari,
- yelka kamari sinishi, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich),
- bronxial astma (IV bosqich),
- oʻpkaning interstitsial zararlanishi,
- oʻpkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki oʻng) olib tashlangan,
- surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi hamda homilador ayollar.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan amalga kiritiladi.