Transfermarkt portali Superli jamoalarida toʻp surayotgan narxi eng koʻp qimmatlashgan va eng koʻp arzonlashgan futbolchilar transfer baholarini maʼlum qildi.
Portalda yozilishicha, “Nasaf” yarim himoyachisi O. Bozorovning transfer bahosi 200 ming yevroga oshib, ayni paytda 800 ming yevro etib belgilangan. Shuningdek, U. Rahmonaliyevning transfer bahosi 200 ming, D. Tursunov, V. Nazarov, M. Hamraliyev, X. Xalilovning transfer bahoi 150 ming, R. Jiyanovning transfer bahosi 125 ming, X. Norchayev. X, Gʻiyosov va E. Panshanbening transfer bahosi 100 ming yevroga qimmatlashgan.
Bahosi eng koʻp pasaygan futbolchilar roʻyxatining boshida “Paxtakor” hujumchisi S. Rashidov va “Navbahor” himoyachisi Ye. Krimes turibdi. Ularning transfer bahosi 150 ming yevroga arzonlashgan. Natijada Rashidovning transfer qiymati 600 ming yevroni, Krimesniki esa 350 ming yevro etib belgilangan.
Shuningdek, O. Zoteyev, I. Golban, D. Umirov, N. Toʻxtasinov. T, Abduxoliqov, F. Sayfiyev, A. Tursunboyev, I. Qobilov ham transfer narxi arzonlashgan futbolchilar roʻyxatining dastlabki oʻnligidan joy olgan.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, “Paxtakor” yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Superliganing eng qimmat oʻyinchisi hisoblanadi. Uning transfer bahosi bir million yevro.