Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo'mitasi e'lon qilganidek, Beyker oqsil molekulalarini kompyuter dizayni sohasidagi ishlari uchun, Xassabis va Jamper esa oqsillarning tuzilishini bashorat qilishga yordam bergan tadqiqotlari uchun mazkur mukofotga loyiq ko'rildi, deb xabar beradi ria.ru.
O'tgan yili amerikalik olimlar Mungi Bavendi va Lui Bryus va rossiyalik Aleksey Yekimov kvant nuqtalarini kashf etgani va sintez qilgani uchun kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan edi.