Plastik idishlarga quyilgan shampun va konditsioner mahsuloti turli xavf darajalariga ega.

Nomi: Fructis Hair Food

Xavf turi: Kimyoviy

Rusumi: Garnier

Turi / model raqami: Fructis Hair Food (Banana, Aloe Vera, Macadamia, Papaya,...)

Ogohlantirish raqami: A11/00001/21

Ogohlantiruvchi mamlakat: BELGIYA

Ushbu mahsulotning oʻziga xos shakli, rangi va koʻrinishi tufayli, yosh bola yoki zaif kishi uni yegulik deb oʻylashi mumkin. Agarda mahsulot ichib yuborilsa, sogʻliq uchun jiddiy xavf tugʻdiradi.

Chunki mahsulot tarkibida sirtqi-faol, koʻpik hosil qiluvchi modda boʻlib, u nafas yoʻllarida koʻpik hosil qilishi natijasida, kimyoviy pnevmoniyaga olib keladi.

Kimyoviy pnevmoniya bolalar va katta kishilarni oʻlim holatigacha olib kelishi mumkin. Mahsulot oziq-ovqat immitatsiyasi Koʻrsatmasining talab va qoidalariga javob bermaydi.

Ogohlantiruvchi davlatlar tomonidan koʻrilgan choralar: Tamgʻalanishida mahsulotning zararliligi haqida ogohlantirish

Oʻrov-idishi: idish sirtida mevalarning tasviri tushirilgan.

“Oʻzstandart” agentligi

Matbuot xizmati