Uchrashuvda mamlakatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligi hamda Jazoir mustaqilligining 60 yilligi munosabati bilan Jazoirda “Oʻzbek kinosi kunlari” va Oʻzbekistonda “Jazoir kino kunlari”ni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston suratga olish guruhi tomonidan Jazoir mustaqilligining 60 yilligiga bagʻishlangan hujjatli film suratga olish va “Jazoirda oʻzbek kinosi kunlari”ning ochilish marosimida namoyish etish taklifi ilgari surildi.
Ikki davlat kino kunlari doirasida Oʻzbekiston telekanallarida Jazoir filmlari, Jazoir telekanallarida Oʻzbekiston filmlarini namoyish etish masalasi ham muhokama qilindi. Eslatib oʻtamiz, “Kino kunlari” davomida oʻzaro hamkorlikda filmlar yaratish boʻyicha shartnomalar imzolanadi.