Unda xorijiy oliy o'quv yurtlarining rektorlari –Georgiy Shalutashvili, Chotonov Mamasharip Mamitovich, Hazbulatov Andrey Ravilyevich, Nilay Ulusoylar ishtirok etdilar.

Anjumanining asosiy voqeasi esa memorandumlarni imzolash marosimi bo'ldi.

O'zbekiston kinematografiya agentligi Turkiyaning "Baxcheshehir universiteti", Qirg'izistonning "B. Bayshenaliyeva nomidagi Qirg'iz madaniyat va san'at universiteti", Gruziyaning "Sh. Rustaveli nomidagi Tbilisi davlat teatr va kino universiteti" hamda Qozog'istonning "Qozoq madaniyat ilmiy-tadqiqot institut"lari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shunday qilib, O'zbekiston kinematografiyani rivojlantirish sohasida 4 ta muhim strategik hamkorga ega bo'ldi.